Toshkentda kuchli shamol: Daraxt harakatlanayotgan matizni bosib qoldi
Jamiyat
−
08 iyun 2019
6179Toshkent shahrida bugun, 8 iyun kuni kuchli shamol kuzatilmoqda. Yoz fasli bo‘lishiga qaramasdan, bir necha kun davomida kuchli jala yog‘ishi oqibatida shahar hududida namgarchilik miqdori oshib ketdi.
Bugungi kuchli shamol esa, shahardagi bir qancha daraxtlarning qulab tushishiga sabab bo‘lmoqda. Bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda daraxtlarning avtomobillarning ustiga qulab tushgani tasvirlangan suratlar paydo bo‘ldi.
QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, shahardagi Amir Temur maydonini Ohangaron yo‘li bilan bog‘laydigan Mahtumquli ko‘chasida daraxt qulab tushishi natijasida yo‘lning bir tomoni to‘liq yopilib qolgan.
Mirobod tumani hududida joylashgan Toshkent temir yo‘llari kolleji yaqinida daraxt harakatlanayotgan Matiz avtomobilini bosib qolgan. Voqea guvohlarining ma’lum qilishicha, hodisa natijasida avtomobil haydovchisi boshidan jarohat olgan.
Rasmlarning birida bitta daraxt Lacetti va Nexia avtomobillarini bosib qolganini ko‘rish mumkin.
Yana bir rasmda esa, daraxt spark avtomobilini bosib qolgan.