Indoneziyada suv toshqini oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi suv toshqini oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha odam bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda mamlakat Tabiiy ofatlarni yumshatish bo‘yicha milliy agentligiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 5 yanvar kuni ertalab Siau orolida yomg‘ir yog‘a boshlagan, bu esa toshqinni keltirib chiqargan. Kamida 444 kishi mahalliy maktablar va cherkovlarga evakuatsiya qilingan.

Yo‘qolganlarni qidirish qutqaruvchilar va ko‘ngillilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Viloyat gubernatori Yulius Selvanusning so‘zlariga ko‘ra, ofat bir necha yuzlab turarjoy va ma’muriy binolarni vayron qilgan.

Mahalliy qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zarar ko‘rgan hududlardagi asosiy yo‘llar tosh, axlat va loy bilan to‘lib qolgan. 

Indoneziya meteorologiya agentligi joriy yil yanvar-fevral oylarida Yava, Sulavesi, Maluku va Papua orollarida yomg‘irli mavsumning eng yuqori cho‘qqisida suv toshqini xavfi sezilarli darajada oshishini taxmin qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatning Sumatra va Borneo orollarida o‘tgan yilning noyabr-dekabr oylarida yomg‘ir eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan. Noyabr oyida Sumatrada siklon sabab bo‘lgan toshqinlar va ko‘chkilar oqibatida mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, yuzlab odamlar hali ham bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyadagi suv toshqinidan 11 ming kishi jabrlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

suv toshqini Tabiiy ofat Indoneziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing