Toshkentda koronavirusga chalingan 60 dan ortiq bemor aniqlandi. Poytaxt “sariq” ro‘yxatda qoladimi?

Jamiyat

image

10 may kuni poytaxt Toshkentda koronavirus aniqlanishi bilan bog‘liq holat oxirgi bir oy ichida rekord darajani qayd etdi. Respublika bo‘ylab bir kunda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olgan 69 nafar bemor aniqlandi. Mamlakatda ushbu xastalikka chalinganlar 10 may kuni 22:30 holatiga ko‘ra 2418 nafarni tashkil etmoqda. 

Bemorlardan 61 nafari viloyat va shaharlar kesimi bo‘yicha poytaxt Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda. Yana biri Samarqand viloyatida aniqlangan. Qolgan 7 bemor qaysi hududda to‘g‘ri kelayotgani haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. 

Mamlakatda bemorlarning 1881 nafari yoki 77,7 foizi sog‘aydi. 10 nafari yoki 4,1 foizi vafot etdi. Ayni vaqtda 527 nafar bemorning davolanishi davom etmoqda. 

Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, Respublikada koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda respublika hududlari joriy yilning 11 mayidan e’tiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratildi.

“Sariq” va “Qizil” toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (shaharlar) “Yashil” toifaga kiritiladi;

“Yashil” yoki “Sariq” toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (shahrida) koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirmagan holda tegishli tumanning (shaharning) o‘zi “Qizil” toifaga o‘tkaziladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, poytaxt Toshkent “sariq” toifaga kiritilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1491

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing