Toshkentda koronavirusga chalinganlar soni 163 nafarga oshdi
Jamiyat
−
28 iyul 2020
5823Bugun, 28 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 194 nafarga oshib, 21 893 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 163 nafari Toshkent shahrida, 26 nafari Samarqand viloyatida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 381 nafar, Toshkent viloyatida 82 nafar, Andijon viloyatida 41 nafar, Sirdaryo viloyatida 23 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Buxoro viloyatida 17 nafar, Navoiy viloyatida ham 17 nafar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 nafar, jami 591 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi.
Shunday qilib O‘zbekistonda 12 265 (+591) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (56 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 9 502 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi