Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yashar ayol vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq yana bir rasmiy o‘lim holati qayd etildi. Mamlakatda jami o‘lim holatlari 138 taga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining qayd etishicha, koronavirusga chalingan poytaxtlik bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. 

Toshkent shahar Sergeli tumanida yashagan 67 yoshli N.T. (ayol)da joriy yil 10 iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va shahar 1-sonli klinik shifoxonaga olib kelingan, holati yomonligi sababli reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. 

Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli asosiy kasallik hisobiga keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

52

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing