Toshkentda koronavirusga chalingan 22 kishi aniqlandi
Jamiyat
−
27 iyun 2020
11594Bugun, 27 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar 61 nafarga ortib, 7551 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari:
• 38 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
• 22 nafari Toshkent shahrida (shundan 10 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 12 nafari aholi orasida);
• 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida qayd etilgan.
Ayni soatlarda Xorazm viloyatida 18 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, jami 25 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda 5063 (+25) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatda davolanayotgan 2468 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
LiveBarchasi