Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar 2 000 nafardan oshdi
Jamiyat
−
16 iyun 2020 6161 1 daqiqa
Bugun, 16 iyun kuni poytaxtdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida bir yo‘la 42 nafar bemor sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Shunday qilib, bugun kun davomida 77 nafar bemor sog‘ayib, o‘z uylariga kuzatildi. Kasallikdan forig‘ bo‘lgan bemorlarning barchasi Toshkentdagi davolash muassasalarida shifo topishgan.
Ayni paytga qadar mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 4096 nafarga yetdi. Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida esa koronavirusdan sog‘ayganlar 2031 nafarga yetdi.
Live
Barchasi