Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar 1000 nafarga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 17 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 28 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 21 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 51 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridan 1 nafardan.

Ma’lumot uchun, poytaxtda shu paytga qadar 980 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 997 nafarga yetdi. Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2685 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3396 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha 14 nafar bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing