Toshkentda kirakash sherigi bilan yo‘lovchini bo‘g‘ib, tunab ketdi
3-sahifa
−
15 yanvar 2022
8885Joriy yilning 8 yanvar kuni Toshkentda kirakash yana bir kishi bilan andijonlik erkakni tunab ketdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 34 yoshli X.J. Yashnobod tuman IIO FMB boshlig‘i nomiga murojaat qilgan. Unda shu kuni soat 09:30da Toshkent xalqaro aeroporti yonida “Vodiy pitak”ga borish uchun Lacetti'ga o‘tirganini bildirgan.
Yashnobod tumani TXAY ko‘chasida joylashgan Andijon viloyatiga harakatlanadigan yo‘lovchi mashinalar turargohiga yetib kelishganida, avtomashina haydovchisi va yonida bo‘lgan yo‘lovchisi uni mashinadan tushirib, birgalikda qo‘llarini ushlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, jami 800 AQSH dollari miqdoridagi pullarini ochiq-ochiqdan talon-toroj qilib, hodisa sodir bo‘lgan joydan yashiringanliklarini ma’lum qilgan.
Olib borilgan tergov tezkor harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi 41 yoshli U.S. va Toshkent viloyatida yashovchi 36 yoshli Yu.A.lar sodir etganliklari aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan U.S. va Yu.A.larga nisbatan JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi