Toshkentda kimyogar talabalar “kvartira”ni narkolaboratoriyaga aylantirdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 18 yoshli qiz va 22 yoshli yigit uyini narkolaboratoriya aylantirganligi aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2007 yilda tug‘ilgan qiz va 2003 yilda tug‘ilgan talaba yigit 2025 yil sentyabr oyidan buyon Telegram orqali kuratorlar topshiriqlariga asosan prekursorlarni tashkil qilish va sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda ularning uyidan 1 kilogramm “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari hamda narkolaboratoriyada foydalanish uchun zarur bo‘lgan asbob va uskunalar daliliy ashyolar tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, qo‘lga olingan kimyogar talaba yigitning mobil telefoniga kelgan geolokatsiya bo‘yicha yo‘nalish tashkil qilinib, Yangihayot tumanidagi dala maydonida “zakladka” usulida ko‘mib ketilgan 1 kilogramm sintetik giyohvandlik vositalari aniqlangan.

Shuningdek, Toshkent shahri hududida geolokatsiyalarga “zakladka” usulda tarqatib kelgan 9 nafar shaxs giyohvandlik vositalarini olgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, ularning 3 nafari poytaxtning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalari bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan ushbu jinoiy guruhning a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 3-qismi “b” bandi bilan jinoiyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida og‘irligi 1 kilogramm bo‘lgan “geroin” giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Javohir Aliqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent talabalar kvartira kimyogar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing