Toshkentda xotinini do‘pposlab, unga bolasining axlatini yedirgan erkak qo‘lga olindi
3-sahifa
−
08 Oktabr 2020
41267Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumani, “Oqqo‘rg‘on” mahallasida er xotinini masxara qilgani, unga tan jarohati yetkazganligi va farzandining axlatini yeyishga majbur qilganligi aks etgan video tarqaldi.
Toshkent IIBB mazkur video yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu video 1 oktyabrdan 2 oktyabrga o‘tar kechasi suratga olingan. Shu kechaning o‘zida 102 ga ayol eri 46 yoshli Rustam I. tomonidan kaltaklangani va unga nisbatan zo‘ravonlik qilinganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Ayolga yetkazilgan jarohatlarning og‘irligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Ushbu fakt asosida Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 1-qismi (“Qiynash”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rustam I. hibsga olingan. Tergov davom etmoqda.
7 oktyabr kuni jabrlanuvchiga himoya orderi topshirilgan. Hozirda ayol va uning voyaga yetmagan bolalari Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtincha joylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash holat yaqinda Samarqand viloyatida ham sodir bo‘lgandi. Joriy yilning 20 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik 35 yashar Sh. o‘zi yashayotgan xonadonida turmush o‘rtog‘i M.ni ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Oradan ko‘p o‘tmay, u Toshkentda qo‘lga olindi. Zo‘ravon er turmush o‘rtog‘ini muttasil kaltaklab, uni tahqirlab kelgan va bolasining axlatini yeyishga majburlagan.
LiveBarchasi