Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
25 yanvar
14159Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi delegatsiya "Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd" kompaniyasi vakillari bilan uchrashgan.
Uchrashuvda hamkorlikning bir nechta variantlari, shaharda taklif etilayotgan transport turlari va yo‘nalishlari ko‘rib chiqish uchun taklif etilgan.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va "Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd" o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolangan. Loyiha yerusti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan bo‘lib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari "Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd" loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, o‘z navbatida, uning xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini ta’minlaydi.
"Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd" Xitoy va Shveysariyaning "Bartholet Maschinenbau AG" kompaniyasi o‘rtasidagi qo‘shma korxona bo‘lib, kanat yo‘llari, istirohat bog‘lari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.
LiveBarchasi