Toshkentda qo‘shnisini do‘pposlagan 23 yoshli qiz qamaldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida qo‘shnisini do‘pposlab, bezorilik qilgan 23 yoshli qiz 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Oliy Sud Matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 2000 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi qiz Yangihayot tumanidagi mahalallarning birida yo‘ldan o‘tib ketayotgan qizni haqorat qilgan. Shundan so‘ng, ular janjallashib ketgan.

“U qiz qo‘shnim bilan turgan ekan. Ular bilan so‘rashganimda qiz menga “derzkiy” muomala qildi. Ketayotgan joyimdan orqaga qaytib, undan nega bunday muomala qilayotganining sababini so‘radim. U meni yomon gaplar bilan haqorat qildi. Juda zerikib qolibdi, borib urmoqchi bo‘ldim”, deydi sudlanuvchi qiz.

Shundan so‘ng, u jabrlanuvchiga tosh otgan. Otilgan tosh esa jabrlanuvchiga emas, bezorilikni oldini olayotgan 1972 yilda tug‘ilgan ayolga borib teggan.

Sudlanuvchining aytishicha, uni jabrlanuvchi urayotgan vaqtida yiqilib, yuzi qonab ketgan. Uyiga qaytib kirganida, uning onasi qonni ko‘rib, jahli chiqqan va jabrlanuvchining uyiga qizi bilan borgan. U yerda 23 yoshli qiz gultuvak, choynak-piyolalar va xonadon derazalarini sindirgan.

Ma’lum qilinishicha, bundan avval ham qiz ikki marotaba sudlangan.

Yangihayot tumani sudi tomonidan sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazo muddatini manzil-koloniyada o‘tash belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent bezori qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing