Toshkentda qo‘shnilar mushtlashdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Bektemir tumanida bir-biriga qo‘shni bo‘lgan fuqarolar janjallashgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, holat kecha, 16 iyun kuni tumanning Chashma mahallasida sodir bo‘lgan hamda qo‘shnilar o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan. Oqibatda ikki nafar fuqaro yengil darajadagi jarohat olgan. Janjalning guvohi bo‘lgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda va natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda maktab o‘quvchilari “amerikacha mushtlashuv” uyushtirgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent qo'shnilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing