Toshkentda qorovul rahbarini bolta bilan qo‘rqitib, maoshini oshirishni talab qildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 30 iyul kuni Toshkent shahrida qorovul rahbarini bolta bilan qo‘rqitib, maoshini oshirishni talab qildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 17:32 da Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasiga Yashnobod tumanidagi qo‘riqlanadigan ofisdan tashvish xabari tushgan. Xabar asosida tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga borib, holatni o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ofisda qorovul bo‘lib ishlovchi fuqaro M.M. direktordan maoshini oshirishni talab qilib, bolta bilan jarohat yetkazishini aytib, qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.

Xodimlarning fuqaro M.M.ga qonunchilik bo‘yicha javobgarlik to‘g‘risidagi tushuntirishlari natijasida bolta va fuqaroning oldida bo‘lgan sumka ichidagi pichoq olib qo‘yilgan. Holat bo‘yicha xodimlar tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ashyoviy dalillar bilan ko‘rib chiqish uchun sud organlariga jo‘natilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining Namangan shahrida spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan erkak oila a’zolariga pichoq bilan tashlangandi. Huquqbuzarning harakatlari oqibatida atrofdagilarga zarar yetmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yashnobod tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing