Toshkentda qizlarni yalang‘och suratlari bilan “shantaj” qilib kelgan yigit ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida qizlarning yalang‘och suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, ulardan pul olib kelgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Sud tergovida ma’lum bo‘lishicha, Jalil (ismlar o‘zgartirilgan) ismli fuqaro mo‘may daromad orttirish ilinjida Telegram’da ochilgan bir guruhga a’zo bo‘lib, voyaga yetmagan Nigina bilan tanishadi. Qizni avrab, uni kiyimsiz holatdagi foto va video tasvirlarini olishga erishadi. 

Keyin qo‘lga kiritgan materiallarini ishga solib, tasvirlarni internetda tarqatmaslik va diskka ko‘chirib uning yaqin qarindoshlariga oshkor qilmaslik evaziga 500 AQSH dollari talab qiladi. Qiz badnom bo‘lishdan qo‘rqib unga o‘zining narxi 4 million so‘mlik uzugini berib qutiladi.

Jalil bundan tashqari, yana 4 nafar qizni ham o‘zining tuzog‘iga ilintirib, ulardan turli miqdorlarda pul undirib kelgan.

Keyinchalik yangi “mijoz” topolmay qolgan Jalil Niginani yana bezovta qiladi va bu safar undan 450 AQSH dollari berishini talab qilib, qo‘rqitishga o‘tadi. Nigina esa huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilishga majbur bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent ta'magirlik

Baholaganlar

970

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing