Toshkentda qator avtobuslar yo‘nalishlari o‘zgardi
Jamiyat
−
30 yanvar 2020 10384 2 daqiqa
Joriy yilning fevral oyidan boshlab qator avtobus yo‘nalishlarida zgarsh bladi. Jumladan, 2-avtobus saroyiga qarashli 49-“TTZ – Do‘stlik metrosi” yo‘nalishi harakati to‘g‘ri yo‘nalishda Aviasozlar ko‘chasining “Aviyasozlar saroyi” bekatidan Aviasozlar, Qorasuv, Alimkent, Elbek ko‘chalari orqali “Do‘stlik” metrosigacha etib o‘zgartirildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ ma’lum qildi.
63-“Qorasuv 1-mavze – Yunusobod 9-daha” yo‘nalishi esa Oltintepa ko‘chasidan Xirmontepa, Buyuk ipak yo‘li va Mirzo Ululg‘bek ko‘chalari orqali o‘tadigan bo‘ldi.
83-“Yunusobod 6-dahasi – Ekskavator zavodi” yo‘nalishi endilikda Yangi Yunusobod ko‘chasidan Yangi shahar, Chinobod, Amir Temur va A.Donish ko‘chalari orqali o‘tadi.
199-“Ekskavator zavodi – Jismoniy tarbiya instituti” yo‘nalishi avtobuslari o‘z harakatini “Jismoniy tarbiya instituti” bekatidan Qang‘li, Feruza, Navoiy ko‘chalari orqali “Oq qovoq” mahallasidan davom ettiradi. Bu yo‘nalish endilikda “Ekskavator zavodi – Oq qavoq mahallasi” deb yuritiladi.
Shuningdek, 4-avtobus saroyiga qarashli 8-“Sergeli 7-dahasi – Chilonzor 25-dahasi” yo‘nalishi avtobuslari ham endilikda Shokirariq, M.Tursunzoda, Mehrigiyo Parkent yo‘li, THAY va M.Tursunzoda ko‘chalari orqali Sergeli 7-daha ASHBga qadar harakatlanadi.
Bundan tashqari yo‘lovchilar murojaatlaridan kelib chiqib, 2-avtobus saroyi tasarrufidagi 14, 24, 60, 63, 89, 96- hamda 4-avtobus saroyining 8, 32, 38, 57, 80, 84, 122, 135-yo‘nalishlarning jadvallari soniga ham o‘zgartirishlar kiritildi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025