Toshkentda qariyb 250 kishi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 9 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 267 kishiga ortib, 30 464 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•    247 nafari Toshkent shahrida;

•    11 nafari Andijon viloyatida;

•    9 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Navoiy shahrida yashagan 61 yoshli B.R. (erkak) hamda Qarshi shahrida yashagan 67 yoshli Q.K. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 253 nafar, Toshkent viloyatida 214 nafar, Andijon viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar hamda Navoiy viloyatida 3 nafar, jami 497 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, 21 813 (+497) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 459 nafar bemor davolanmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

396

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing