Toshkentda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangan haydovchi qamaldi

3-sahifa

image

Toshkentning Chilonzor tumanida yo‘lning qarama-qarshi qismida katta tezlikda harakatlangan Lacetti haydovchisi 15 sutkaga qamaldi.

Poytaxt IIBBga ko‘ra, joriy yilning 24 avgust kuni taxminan soat 22:20 larda 1986 yilda tug‘ilgan J.M. Lacetti rusumli transport vositasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvoxnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida yo‘lning qarama-qarshi tomonida harakatlangan.

Huquqbuzarlik sodir etgan J.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Sud huquqbuzarga ochilgan ish materillarini ko‘rib chiqib, haydovchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topdi va unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchi

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing