Toshkentda qalbaki valyutafurushlar ushlandi
3-sahifa
−
05 dekabr 2023
6801Toshkent shahar Chilonzor tumanida qalbaki AQSH dollarlarini sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, Chilonzor tumani 6-mavzesida jami 400 dona 50 dollarlik qalbaki 20 ming AQSH dollarini fuqaro K.N.ga 10 ming dollarga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi departamentning xabarida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bekobodda 250 mln so‘mlik qalbaki pulni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
LiveBarchasi