Toshkentda qadimiy tangalar va oltin bo‘laklarini kosmetika ichiga yashirgan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistondan qadimiy tangalar va quyma oltin bo‘laklarini kosmetika kremi ichiga yashirgan holda olib chiqishga uringan shaxs ushlandi. Bu haqda bugun, 18 oktyabr kuni Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijiy mamlakatga uchib ketayotgan fuqaroning qo‘l sumkasi bojxona xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilganda, uning ichida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan, umumiy og‘irligi 187 gramm bo‘lgan 6 dona oltin quymasi hamda 7 dona xitoy iyerogliflari tushirilgan tangalar uddaburonlik bilan kosmetika kremi ichiga yashirilganligi aniqlangan.

Shundan so‘ng ushbu fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, uning yonidan og‘irligi 20 gramm bo‘lgan quyma tilla uzuk ham borligi aniqlanadi. Ashyoviy dalil sifatida olingan ushbu buyumlarning umumiy qiymati 223 mln so‘mni tashkil qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchilikka muvofiq, rezident va norezident jismoniy shaxslarga qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi. Shuningdek, yaratilganiga ellik yildan oshgan madaniy boyliklarni respublika  hududidan olib chiqish mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida qadimiy numizmatika buyumlarini mamlakat hududidan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'zbekiston tangalar quyma oltin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing