Toshkentda qabr toshini sindirgan shaxs javobgarlikka tortildi
Jamiyat
−
29 mart
7068Toshkentdagi qabristonda bir nechta qabr toshlarini sindirgan erkakka 3 yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.
Bildirilishicha, voqea Toshkentning Yangihayot tumanida sodir bo‘lgan. 29 yoshli yigit otasi dafn etilgan qabristondagi panjaralarni buzib kirib, 9 ta qabr toshini sindirib tashlagan. Yigitning aytishicha, u mast holatda bo‘lgan va otasining o‘limidan qattiq ta’sirlangan.
“Otam olamdan o‘tgandan keyin juda og‘ir bo‘ldi. His-tuyg‘ular og‘ir kechdi. Qilgan ishimdan pushaymonman. Hammadan uzr so‘rayman”, deydi ayblanuvchi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tumani sudi fuqaroni Jinoyat kodeksining 134-moddasi (qabrni tahqirlash) bilan aybdor deb topib, unga nisbatan uch yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida xotinini o‘ldirib qo‘ygan erkak 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi