Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun qayta hisob-kitob qilinadi

Jamiyat

image

Joriy yilning dekabr oyida Toshkentda issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun qayta hisob-kitoblar qilinadi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimining 2021 yil 8 oktyabrdagi qaroriga binoan joriy yil 14 oktyabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini muntazam isitilishiga kirishildi.

Shuningdek, poytaxtdagi bir qator ko‘p qavatli uylarda isitish tizimidagi kamchiliklar sabab turar joy binolarini qarorda belgilangan muddatdan kechiktirib isitish tizimiga ulash to‘g‘risida XUJMSH vakillari tomonidan dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Shu bois “Toshissiqquvvati” DUK issiqlik energiyasini o‘z vaqtida yetkazib bermaslik sabablarini aniqlangandan so‘ng, uy-joylarni isitish tizimiga ulash muddatlarini solishtirish hamda dalolatnomalar to‘g‘ri tuzilganini tekshirish, ularda ko‘rsatilgan manzillar bo‘yicha issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun qayta hisob-kitoblar texnik sabablarga ko‘ra 2021 yil dekabr oyida amalga oshirilishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing