Toshkentda Islom Karimovni xotirlash haftaligi o‘tkazilyapti (fotoreportaj)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2021 yil 25-30 yanvar kunlari Birinchi Prezident tavallud kunini nishonlash xaftaligi o‘tkazilyapti.

Haftalik doirasida,O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Xotira kechasi o‘tkazildi

Kechani O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova videomurojaat bilan ochdi. Karimova murojaatida shunday dedi:

“Assalomu alaykum, aziz dustlar!

Barchangizni O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan Xotira kechasida kutib olishdan mamnunman.

O‘tgan yil nafaqat O‘zbekiston uchun, balki butun dunyo uchun oson bo‘lmadi. Barcha sinovlarga qaramay, butun xalq Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev atrofida to‘planib, uning rahbarligida mustaqil davlatimiz asoslarini ishonchli tarzda mustahkamlashda davom etmoqda.

Yiliga ikki marta O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanganidan juda xursandman.

So‘nggi yillarda nafaqat Toshkentda, balki Nukus, Urganch, Farg‘ona va boshqa shaharlarda ham ko‘plab unutilmas voqealar bo‘lib o‘tdi, u yerda odamlar Islom Abdug‘aniyevichning xotirasiga samimiy mehr va ehtirom ko‘rsatdilar.

Siz bugun tashrif buyurishingiz mumkin bo‘lgan “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmasi poytaxtimizdagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzey ashyolaridan biriga aylandi. Bu yerga har doim kelganimda, men doim bolalar, yoshlarni, poytaxtimiz mehmonlarini ko‘raman. Bu meni juda xursand qiladi va odamlarning yaqinlashishi, samimiy minnatdorlik so‘zlarini izhor etishi hamda Islom Karimovning xotirasini qadrlashi chuqur ta’sir qiladi. Ko‘rgazmada siz tez-tez Birinchi Prezident xotirasiga hurmat bajo keltiradigan, shu bilan mamlakatimizga va uning tarixiga hurmat ko‘rsatadigan xorijiy davlatlarning vakillarini ko‘rishingiz mumkin.

Odamlar Islom Karimovning Hazrat Xizr majmuasidagi maqbarasiga, shuningdek, uning Samarqand, Toshkent va Qarshidagi yodgorliklariga doimiy ravishda kelishidan chin dildan xursandman.

Ushbu bayram haftasida Birinchi Prezidentimiz xotiralarini qadrlaydigan insonlarni birlashtirgan unutilmas tadbirlar o‘tkazildi. Bugungi uchrashuv ularning davomidir.

Bizning oldimizda Islom Abdug‘aniyevichning do‘stlari, tarixchilar, yozuvchilar, jamoat arboblari chiqish qiladi, bizni bayram dasturi kutmoqda.

Kechamizda Akbar Mirzoning O‘zbekistonning terrorizm namoyon bo‘lishiga qarshi fidokorona kurashi haqidagi tetralogiyasidan "Sunggi Nido" kitobining rus tiliga tarjimasi, shuningdek, Amirqul Karimovning "Istiqlol tarixidan lavhalar" to‘plami taqdim etiladi. Unda muallif mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillari haqidagi xotiralarini baham ko‘rgan.

Ishonchim komilki, ushbu kitoblarning har biri O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan kitoblar turkumiga munosib qo‘shimcha bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, ushbu kechaning barcha mehmonlari, ishtirokchilari va tashkilotchilariga Islom Abdug‘aniyevichning iliq xotirasi uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.

Umid qilamanki, bu oqshom hammamizga yengil qayg‘u hissi bilan birga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi.

Aziz do‘stlar!

Barchangizga sog‘lik, kuch-quvvat, muvaffaqiyat, omad, farovonlik, go‘zal O‘zbekistonimizga tinchlik va farovonlik tilayman! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bulsin! Etiboringiz uchun rahmat!”

Shuningdek, tadbirda,  Islom Karimovning do‘stlari, zamondoshlari, ilm-fan va madaniyat arboblari, jamoatchilik vakillari Birinchi Prezident haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.

Hozirgi kunga qadar O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi chuqur ehtirom bilan yodga olib kelinyapti. Uning nomi mamlakatning qator ko‘chalari, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroporti, Asaka avtomobil zavodi va Farg‘ona san’at saroyiga berilgan. Eng asosiysi, uning xotirasi har bir o‘zbekistonlikning qalbida chuqur hurmat bilan saqlanadi.

Xotira kechasi doirasida yuqorida aytilganidek, Akbar Mirzo tetralogiyasidan “So‘ngi nido” kitobining rus tilidagi tarjimasi “Posledniy zov” kitobining hamda Amirqul Karimovning O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlangan “Istiqlol tarixidan lavhalar” to‘plamining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Kecha mehmonlari va qatnashchilari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar va “Butun olamni jo qilgan yurak” ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi bilan tanishdilar.


Maqola muallifi

Teglar

Islom Karimov

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing