Toshkentda isitish tizimi qachondan o‘chirilishi aytildi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimiyati poytaxtda isitish tizimi reja asosida navbatma-navbat o‘chirilishini ma’lum qildi. Xususan, hokimlik rasmiy axborotida shunday deyiladi:

“Joriy yilning 23 martidan boshlab havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan Toshkent shahrida isitish tizimini reja asosida navbatma-navbat o‘chirish buyicha ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, joriy yilning 25 mart kunidan boshlab Toshkent shahrida issiq suvni rejalashtirilgan tarzda o‘chirilishini ma’lum qilgan edik. 

2019-2020 yilgi isitish mavsumiga Toshkentda sifatli tayyorgarlik ko‘rish maqsadida:

- 25 martdan 5 aprelgacha issiqlik tarmoqlarida iste’molchilarni issiq suv bo‘yicha cheklash orqali hisoblash haroratiga sinovlar o‘tkaziladi;

- 3 apreldan 26 aprelgacha issiqlik tarmoqlarida iste’molchilarni issiq suv bo‘yicha cheklamagan holda mexanik chidamlik va zichlik (yuqori bosim) tekshiriladi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimiyati Isitish tizimi

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing