Toshkentda isitish mavsumi boshlanadigan sana aytildi
Jamiyat
−
13 Oktabr 2020 10035 1 daqiqa
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 22-sessiyasida 2020–2021 yillarda isitish mavsumini boshlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kengash qaroriga ko‘ra, 15 oktyabrdan Toshkent shahridagi ijtimoiy ob’ektlarga, 17 oktyabrdan ko‘p qavatli xonadonlarga issiqlik ta’minoti yetkazib beriladi.
Avvalgi isitish mavsumi 25 oktyabrdan 23 martgacha (2018 yilda 16 oktyabrdan 26 martgacha) davom etgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr