Toshkentda intim xizmatlar ko‘rsatuvchi spa-salonlar aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda karantin cheklovlari yumshatilib, spa-salonlar faoliyatiga ruxsat berilgach, aholi tomonidan bunday muassasalarda fohishaxonalar ham tashkil qilinayotgani haqida murojaat kelib tusha boshladi. Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar berishicha, murojaatlar sabab spa-salonlarda reydlar o‘tkazish boshlangan.

Joriy yilning 23 va 24 fevral kunlari mazkur tadbirlar Yakkasaroy tumanida tashkil etildi. Profilaktik tadbirlar davomida bir qator spa-salonlar faoliyati tekshirilganda, “qo‘shimcha” xizmatlar taklif qilinayotgan joylar ham aniqlandi.

Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor mayor Munisa Abdurahmonovaning aytishicha, spa-salon ochgan tadbirkorlar odatda uning faoliyatida qatnashmasdan, mas’uliyatni menejerlarga yuklaydi. Natijada mas’ul shaxsda noqonuniy xizmatlar tashkil etish imkoniyati paydo bo‘ladi. Salon egasi uchun esa ichki ishlar organlari xodimlarining tashrifi kutilmagan yangilikka bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha spa-salonlar xodimlari va rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda. Toshkent shahar IIBB xodimlari intim xarakterga ega noqonuniy xizmatlar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgani haqida ogohlantirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

fohishaxona Spa-salon

Baholaganlar

1745

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing