Hindistonda o‘zbekistonlik ayol fohishaxonadan qutqarildi
3-sahifa
−
19:13 605 1 daqiqa
Hindistonning “The Hans India” nashri joriy yilning 1 oktyabr kuni Gachibovli politsiyasi mehmonxonalarning birida noqonuniy biznes yuritganlikda gumonlangan ikki kishini hibsga olgani va u yerdagi fohishaxonadan olti nafar o‘zbekistonlik ayolni qutqargani haqida yozdi. QALAMPIR.UZ xabarga aniqlik kiritish maqsadida Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi tomonidan Haydarobod politsiyasi bilan o‘tkazilgan aniqlashtirish natijasida ulardan bir nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, qolgan ikki nafari boshqa davlat fuqarolari ekani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Hindiston Respublikasining “Axloqsiz savdoning oldini olish to‘g‘risida”gi qonuni (ITPA, 1956) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.
Fuqaroning qonuniy huquqlarini ta’minlash maqsadida mahalliy politsiya organlari bilan rasmiy aloqa o‘rnatilgan. Elchixona ishtirokida u Haydarobod shahri Kukatpalli tumanidagi ijtimoiy xizmat boshpanasiga joylashtirilgan. Fuqaroni O‘zbekistonga qaytarish masalasi yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda. Vaziyat elchixona nazoratiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiyaning Tokio shahrida 45 yoshli o‘zbekistonlik kurer 10 yashar qizga uyatsiz harakat qilganlikda gumonlanib, qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi