Surxondaryoda qo‘shmachilik qilgan ayol ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryoda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu ayol 1998 yili Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida tug‘ilgan. Ikki nafar farzandi bo‘lgan ayol Termiz shahri “Bog‘i-Shamol” mahallasida joylashgan massajxonada rahbarlik qilib kelgan. 

U o‘ziga yuklatilgan vazifadan g‘arazli niyatlarda foydalanishni rejalashtirib, joriy yilning 13 fevral kuni tungi soat 1:00 da tezkor tadbirga jalb qilingan mijozga massajchi qiz bilan axloqsiz harakatlarni qilish uchun 800 ming so‘m evaziga sharoit qilib bermoqchi bo‘lgan paytda daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Ayol Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 1-, 2-qismida nazarda tutgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga nisbatan sud 1 yil muddatga axloq tuzatish jazosi tayinlagan. Shuningdek, sud Jinoyat kodeksining 59-, 61-moddalari tartibida jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan sudlanuvchiga 2 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Buxoro shahrida Telegram’da onlayn fohishaxona tashkil qilgan erkak 100 ming so‘m bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo fohishaxona qo'shmachilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing