Toshkentda ikkita Cobalt to‘qnashdi. Jarohatlanganlar bor

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Kecha, 7 mart kuni Toshkent shaharning Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida ikkita Cobalt rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda IIV YHXBB xabar berdi.

Soat 23:55larda “102” tizimiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan O.B. Cobalt rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib simyog‘ochga urilgan va o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1955 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan yana bir Cobalt rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

Natijada, haydovchi O.B. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchilari, 29 yoshli Sh.E., 30 yoshli S.Yu. hamda haydovchi A.Sh. va uning boshqaruvida bo‘lgan avtomobil yo‘lovchisi 27 yoshli V.Sh.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing