Toshkentda ikki mashina avtobus bilan to‘qnashdi
3-sahifa
−
16 Oktabr 2025 2465 1 daqiqa
Kecha, 15 oktyabr kuni Toshkent shaxrida yo‘lovchi avtobus va ikki mashina to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 17:05 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida Lacetti, Hongqi rusumli avtomashinalar va King Long rusumli avtobusning o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l harakati qoidalarga rioya qilishlarini, oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 2 ta Matiz to‘qnashuvi oqibatida uch kishi jarohatlangandi.
Live
Barchasi