Toshkentda ikki maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuz berdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta maktab o‘quvchilarining o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, voqea joriy yilning 28 sentyabr kuni 94-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 va 10-sinf o‘quvchilari va 145-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuz bergan. Ikki maktab o‘quvchilari Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zaro gap talashib qolishgan. So‘ng ular shu kuni taxminan soat 13:20 larda Toshkent shahar Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasida uchrashib munosabatlarni hal qilmoqchi bo‘lishgan. Mazkur uchrashuvga 20 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari kelishgan va ularning bir nechtasi o‘rtasida janjal boshlangan.

Holatdan xabar topgan hududiy profilaktika inspektorlari Abuzoxid Yo‘ldoshbekov va Timur Isamuhamedov zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va ularning aralashuvi bilan katta mojaroning oldi olingan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi. 


Maqola muallifi

Teglar

maktab janjal o'quvchi

Baholaganlar

798

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing