Toshkentda ikki kun ba’zi markaziy ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23-24 aprel kunlari Toshkent shahrida sportchilar va havaskorlar orasida “Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati-2022” bo‘lib o‘tadi. 

Shu sababli, musobaqa kunlarida qator ko‘chalar soat 06:00 dan 14:30 ga qadar yopiladi:

•  Furqat ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
•  Islom Karimov shoh ko‘chasining Furqat va Bunyodkor shoh ko‘chasi oralig‘idagi qismi;
•  Bunyodkor shoh ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasi va Seul ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
•  Seul ko‘chasining Bunyodkor shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chalari oralig‘idagi qismi;

Ushbu vaqt oralig‘ida haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda. Barcha haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga, yo‘l belgilari va chiziqlarining talablariga rioya qilishlari so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtomobil'

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing