Toshkentda ikki ayol koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
03 avgust 2020 10759 1 daqiqa
Toshkentda koronavirusga chalingan yana ikki bemor vafot etdi. Mamlakatda jami koronavirusqurbonlari soni 157 nafarga yetdi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 69 yoshli bemor N.Ye. (ayol)da joriy yil 25 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Olmazor tumanida yashagan 49 yoshli bemor D.S. (ayol)da ham joriy yil 25 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangan va bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilganligi, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.
Unga ham “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, gipertoniya hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.
Har ikki bemor o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr