Toshkentda IIO xodimi voyaga yetmagan bola bilan qo‘pol munosabatda bo‘ldi (video)
Jamiyat
−
30 iyul 2022 21832 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda ichki ishlar xodimi voyaga yetmagan bola bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Unda IIO xodimi o‘zini tasvirga olayotgan bolaga agar video uning ruxsatisiz tarqatib yuborilsa, u va oilasini sudga berishini aytganini ko‘rish mumkin. IIO xodimi bola bilan muloqotda o‘zini qo‘pol tarzda tutgan.
Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov mazkur holatga munosabat bildirdi.
Uning yozishicha, voqea joriy yilning 24 iyul kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani M.Ashrafiy ko‘chasida yuz bergan.
“Fuqaro bilan kasb etikasiga noloyiq muloqotda bo‘lgan Yashnobod tumani PPX inspektori Botir Hasanovning harakatlari intizomiy tartibda o‘rganilib, huquqiy baho berilishini ma’lum qilamiz”, deydi G‘iyosov.
Live
Barchasi