Toshkentda IES yonib ketdimi?  

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent IES" AJda energoblok davleniyasi ko‘tarilib, yonayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga IES atrofi xuddi yong‘in sodir bo‘layotgandek tutun bilan burkangani aks etgan surat ilova qilingan. "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ ushbu holatga munosabat bildirib, xabar yolg‘onligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, energoblok avtomatik ravishda himoya tizimini ishga tushushi natijasida o‘chganda, energoblok ishlash davrida ishlab chiqarilgan bug‘lar, qozon qurilmalarini  himoya qilish maqsadida havoga chiqariladi. Bu tizimda normal texnologik jarayon hisoblanadi.

"Toshkent IES" AJda elektr energiyasini ishlab chiqarish va energobloklarni yagona tizimga ulash bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar olib borilmoqda”, deyiladi "Toshkent IES" AJ axborotida.

“Konets sveta”

Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan dastlab, Toshkent metropoliteni faoliyati to‘xtatildi, poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. 

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olmaota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatidagi Chorvoq, Xojikent va Tovoqsoy gidroelektr stansiyalari, Navoiy viloyatidagi Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi hamda Farg‘ona viloyatidagi Farg‘ona issiqlik elektr markazi orqali energetika tizimiga quvvat uzatish boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1862

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing