Toshkentda ichimlik suvi narxini keskin oshirish taklif qilindi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJning hozirda amalda bo‘lgan tarifini oshirishni taklif etmoqda. Poytaxt ma’muriyatining tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Hujjat loyihasida qayd etilishicha, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MCHJ 2019 yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd.so‘m, hamda 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd.so‘m zarar ko‘rdi.

Jamiyatning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, jamiyat tomonidan taqdim qilinayotgan  ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati uchun ishlab chiqilgan tariflarni qaytadan ko‘rib chiqish uchun Ishchi guruh tuzilishi so‘ralmoqda.

Yangi taklif etilayotgan tariflarda quyidagi narx darajalarida belgilash taklif etilayapti:

1 metr kub ichimlik suvi uchun tariflar:

•    aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz) 310 so‘mdan 500 so‘mga (161,2 foiz)ga;

•    tijorat tashkilotlari uchun 730 so‘mdan 1500 so‘mga (205,4 foiz) ga o‘sishi;

Shuningdek, kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflar:

•    aholi, byudjet va ulgurji iste’molchilar uchun (qo‘shimcha qiymat solig‘isiz) 250 so‘mdan 350 so‘mga (140,0 foiz)ga;

•    tijorat tashkilotlari uchun 460 so‘mdan 820 so‘mga (178,2 foiz) o‘sishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

241

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing