Toshkentda “geroin” savdogarlari ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Bektemir tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi giyohvandlik vositalarini saqlash va tarqatishda gumonlanayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbirda ikki nafar shaxs ushlanib, ularga tegishli buyumlar va avtomashina ko‘zdan kechirilganda qadoqlangan giyohvandlik vositalari aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Tezkor surishtiruvlar davomida gumonlanuvchilarning yashash manzili ham ko‘zdan kechirilib, u yerdan ham turli xildagi giyohvandlik vositalari, shuningdek, ularni “zakladka” usulida tarqatish uchun qadoqlashda foydalanilgan qadoqlash materiallari, tarozilar, qaychi va izolenta topilgan.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida 1 kilogramm 200 gramm “geroin” va 100 gramm “mefedron”ning noqonuniy muomalaga chiqarilishining oldi olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) beshinchi qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida qariyb 3,2 kilogramm “geroin”, “gashish”, “mefedron” va “opiy” musodara qilinib, bir necha shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing