Toshkent aeroportida 4,4 kg narkotikni shirinlik qadoqlariga yashirgan qozog‘istonlik ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent xalqaro aeroportida 4,4 kilogramm mefedron sintetik narkotik moddasini mamlakatga olib kirishga uringan Qozog‘iston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Bangkok – Sharja – Toshkent” aviayo‘nalishi orqali mamlakatga kelgan 1994 yilda tug‘ilgan Qozog‘iston fuqarosining qo‘l yuklari Toshkent xalqaro aeroportida tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida 8 dona turli xil shirinlik qadoqlari hamda 5 dona plastmassa idish ichidan jami 4,4 kilogramm mefedron sintetik narkotik moddasi aniqlangan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, internetdagi narkodo‘kon boshqaruvchisining topshirig‘iga ko‘ra, mazkur narkotik moddani poytaxtdagi mehmonxonalardan birida Yangiyo‘l shahrida yashovchi, 2006 yilda tug‘ilgan shaxsga topshirayotgan vaqtida u ham qo‘lga olingan.

Tekshiruv jarayonida mahalliy fuqaroning yonidan pnevmatik pistolet ham topilib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bildirilishicha, hozirda gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatga olib kirilayotgan 11,8 kilogramm gashish moyi musodara qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing