Toshkentda “Gazel” mashinasi yonib ketdi (video)
3-sahifa
−
29 yanvar
2185Bugun, 29 yanvar kuni Toshkent shahrida “Gazel” mashinasi yonib ketdi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 12:54 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida, avtomobil yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:03 da yetib borib, yong‘in soat 13:05 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida Epica rusumli transport vositasi yonib ketgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar




