Toshkentda fuqaroni 26 ming AQSH dollariga aldab ketgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Toshkentda fuqaroni 26 ming AQSH dollariga aldab ketgan shaxs ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Joriy yilning 20 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tuman prokuraturasidan kelib tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2017 yil may-iyun oylarida Sergeli tumanida yashovchi R.M. fuqaro B.I.ga kompyuterlarga xizmat ko‘rsatish savdo xizmatini ochishni taklif etib, undan Qora-qamish dahasida 26 ming AQSH dollarini olib, va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji yo‘lida ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.M. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

34

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing