Toshkentda fuqaro otib o‘ldirilgani rostmi? 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirobod tumanida bir fuqaro otib ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Kecha, 21 noyabr kuni taxminan soat 22:30 larda Mirobod tumani Nukus va Avliyoota ko‘chalari chorrahasida 1998 yilda tug‘ilgan fuqaro B.B. boshqaruvidagi Hyundai sonata avtomobilida piyodani urib yuborgan. Oqibatda 1982 yilda tug‘ilgan piyoda F.K. shifoxonaga olib borilganda, shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay vafot etgan. Bundan kelib chiqadiki, hech qanday shaxs otib o‘ldirilmagan, aksincha avtohalokat oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida ISUZU rusumli yuk mashinasi svetoforda to‘xtab turgan Damas'ga borib urilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, ushbu hodisada 4 nafar shaxs tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.  


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing