Toshkentda fuqaro itlar galasi hujumi oqibatida halok bo‘ldimi?
3-sahifa
−
03 mart
15396Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida keksa yoshli fuqaroga itlar galasi hujum qilib, uni o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt hokimligi munosabat bildirdi.
Hokimlikka ko‘ra, internetda tarqalgan ushbu mazmundagi xabarlar haqiqatga mos emas. Tarmoqlarda videosi sizdirilgan fuqaro bugun, 3 mart kuni vafot etgan. U Olmazor tumanining Qoraqamish mavzesi 2/4-kvartalida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan L.U. ismli erkak bo‘lib, o‘limining sababi – o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi.
“Tarqalayotgan mish-mishlarning aksiga o‘laroq, hech qanday itlar hujumi sodir bo‘lmagan. Shahar aholisini vahimaga tushmaslikka va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikka chaqiramiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning iyul oyida Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida 5 yashar bolaga itlar galasi hujum qilgandi. Xolasining uyiga mehmonga borgan bola aholi yashash hududidan uzoqda joylashgan chiqindixona hududda qarovsiz holatda o‘ynayotgan vaqtida itlar galasi hujumiga uchragandi.
LiveBarchasi