Toshkentda fuqaro avtobus urib ketishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
20 iyul 2023
8315Poytaxt Toshkentning Yakkasaroy tumanida piyoda avtobus urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIB Yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 19 iyul kuni soat 17:00 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1988 yilda tug‘ilgan A. D. Yutong rusumli avtobusini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Fuqaro 1972 yilda tug‘ilgan G‘.K. bo‘lgan.
YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi