Toshkentda firibgarlikda ayblanayotgan aka-uka qidirilmoqda

3-sahifa

image

Firibgarlik va tovlamachilik bilan shug‘ullanib kelgan ikki aka-uka qidiruvga berildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”), 168-moddasi (“Firibgarlik”) jinoyat ishi doirasida ikki nafar shaxs qidiruvga berilgan.

Unga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Tohirjon Abdug‘affor o‘g‘li Abdumalikov o‘zining akasi 1982 yilda tug‘ilgan Abdusattor Abdug‘afforovich Abdumajidov bilan yuqorida qayd etilgan bir qator jinoyatlarni sodir etib kelgani aniqlangan.

"Ushbu shaxslar tarafidan jabr ko‘rgan yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha biror ma’lumotga ega yoki qidiruvdagi shaxsning qayerdaligi haqida xabardor bo‘lganlardan Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 Telegram-raqamiga murojaat qilishlarini so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda qidiruvga berilgan shaxs Farg‘onada ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing