Toshkentda firibgar 40 sotix yerni 40 ming dollarga pullayotgani aniqlandi
3-sahifa
−
21 Sentabr 2021
4990Toshkent shahri Olmazor tumanida muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxs boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, 40 sotix yer evaziga 40 ming AQSH dollarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Olmazorda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro A.I. fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali Yakkasaroy tumani hududidan 40 sotix yer maydoni ajratib, doimiy foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Buning evaziga esa firibgar fuqarodan 40 ming AQSH dollari olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi