Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi ikki kunga yopiladi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2020 4432 1 daqiqa
Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi vaqtincha transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Abdurauf Fitrat ko‘chasidan (Guruch (Risoviy) bozori) Qo‘yliq-ota ko‘chasigacha (Compass KSM yaqinida) bo‘lgan qismi 23 oktyabr soat 00:00 dan harakatlanish uchun ikki kunga yopiladi. Bunga yo‘l ishlarini tezlashtirish sabab bo‘lyapti.
Ikki tomonlama harakatlanish yo‘lning bir tomonida amalga oshiriladi.
Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etilgan.