Toshkentda erkak ko‘chada pichoq bilan odamlarga tashlandi
3-sahifa
−
19 noyabr
8184Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Nazarbek shaharchasida bir erkak mast holda ko‘chada pichoq bilan yurgani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganov munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, erkak hech kimni jarohatlamagan, atrofdagi fuqarolarga zarar yetmagan.
“Mast holda sodir etgan xatti-harakatlari uchun qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi”, deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlariga kirishilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida mast haydovchi 47 yoshli erkakni pichoqlagandi. Mazkur holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.