Toshkentda erkak hamkasbining mashinasini olib qochdi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida bir joyda ishlaydigan tanishining avtomobilini olib qochib ketgan shaxs ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Uchtepa tumani hududida Cobalt avtoulovi olib qochilgani to‘g‘risida Tezkor boshqaruv markaziga xabar tushgan. Ushbu xabar asosida olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida avtoulov Chilonzor tumani hududida topilgan. Uchtepa tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida mazkur jinoyatda gumonlangan A. ismli shaxs qo‘lga olingan. Gumonlanuvchi mashinani olib qochish davomida yo‘l-transport hodisasi sodir etib, mashinaga zarar ham yetkazgani aniqlangan. 

“Mashina ishxonamiz oldida edi, kalit qayerda turganini bilib, azonda uxlab yotganimdan foydalanib, mashinani olib qochib ketdi. Mashina topildi, barcha xodimlarga rahmat”, deydi jabrlanuvchi.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “moykachilar” mijozning avtomobilini olib qochgan edi. https://qalampir.uz/n/129971


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ichki ishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing