Toshkentda er 7 bolasining onasini bolg‘a bilan urib o‘ldirdi
3-sahifa
−
08 yanvar
14577Toshkent shahrida erkak o‘z ayolining boshiga bolg‘a bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.
Aniqlanishicha, voqea poytaxtning Yunusobod tumanida yuz bergan. Sudlanuvchi 1993 yilda, turmush o‘rtog‘i esa 1987 yilda tug‘ilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol eri bilan “farzandlarimni moddiy tomondan ta’minlay olmayapsiz” degan vaj bilan tortishib qolgan. Bu kelishmovchiliklar kundan kunga ortib borgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida o‘tkazilgan sud jarayonida prokurorning aytishicha, sudlanuvchi ayolining bosh qismiga bor kuchi bilan zarba bergan, oqibatda marhuma olgan jarohatlar sabab vafot etgan.
“7 farzand bor, yaxshi yashab kelganmiz. Ayolim jahli chiqqani uchun menga nisbatan haqoratli gaplar aytgan. Onamdan haqoratli so‘zlar eshitganimdan keyin stress holiga tushib, o‘zimni tuta olmasdan qo‘limdagi bolg‘a bilan bosh qismiga urib yuborganman. Bir marta urganimi bilaman. Shu holatda o‘zimni yo‘qotib qo‘yganman”, deydi sudlanuvchi.
Bo‘lib o‘tgan sud majlisida erkak qilgan ishidan pushaymonligini aytgan.
Sud hukmi bilan sudlanuvchi erkakka Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismiga asosan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida 23 yoshli xotinini ketmon bilan urib o‘ldirgan er 19 yilga qamalgandi. Sud hukmi bilan ayblanuvchi erkak Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” bandi bilan aybdor deb topilib, 19 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar